«Manchester Yunayted» kapitani Brunu Fernandesh Chempionlar ligasida Lissabonning «Sporting» klubiga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirdi.
«Qizil iblislar»ning safardagi uchrashuvi umumiy bosqich doirasida 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
«Men juda xursandman. U yerga qaytib, “Sporting”ka qarshi o‘ynay olishimni bilganimdan mamnun bo‘ldim. Shu bilan birga, albatta, menda aralash hissiyotlar bor, chunki bu klub bilan bog‘liq ajoyib xotiralarim mavjud», — deya portugaliyalik yarim himoyachining so‘zlarini UtdDistrict keltirdi.
Brunu Fernandesh 2017 yil o‘rtalaridan 2020 yil boshlariga qadar «Sporting» safida o‘ynagan. Shundan so‘ng u «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tgan.













