Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Mbeumo Kerrikning muhim talabini aytdi

Mbeumo Kerrikning muhim talabini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Brayan Mbeumo jamoaning amaldagi bosh murabbiy Maykl Kerrik qo‘l ostida hujumdagi o‘yini haqida gapirdi.

«Biz hujumda erkin harakat qilamiz, chunki jamoamizda turli pozisiyalarda o‘ynay oladigan ko‘plab futbolchilar bor. Turli zonalarda nima qilish kerakligini bilamiz va mashg‘ulotlarda buning ustida qattiq ishlaymiz. Murabbiy bizga har qanday hujumkor rolda o‘ynay olishimiz kerakligini aytadi, chunki o‘yinning turli paytlarida har birimizga turlicha vazifalar yuklanishi mumkin», — dedi Mbeumo Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

«Qizil iblislar» Premyer-liganing dastlabki ikki turidan so‘ng 3 ochko jamg‘argan. Yakshanba kuni o‘tgan mavsum bronza medallarini qo‘lga kiritgan jamoa safarda «Everton»ga qarshi o‘ynaydi.

Kiritildi: 06:43, 04.09.2026.
O'qildi: 812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик