Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Kerrik: "Yozgi transferlardan keyin jamoa kuchaydi"

Kerrik: "Yozgi transferlardan keyin jamoa kuchaydi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik yozgi transferlardan keyin jamoa tarkibi kuchayganiga ishonch bildirdi.

Bu yozda "Yunayted" "Chelsi"dan Andrey Santosni, "Aston Villa"dan Yuri Tilemansni va "Brayton"dan Karlos Balebani o‘z safiga qo‘shib oldi. Darvozabon Karl Darlou esa "Lids"dan erkin agent sifatida keldi.

"Menimcha, biz klubga juda yaxshi futbolchilarni olib keldik va tarkibni turli jihatlardan kuchaytirdik — ham individual, ham jamoaviy nuqtai nazardan. Biz o‘sdik, deb o‘ylayman.

Transfer oynasiga kirganda, uni boshlagan paytingizdagidan kuchliroq bo‘lib chiqishni xohlaysiz. Menimcha, biz bunga erishdik.

Transfer oynasi hech qachon oson kechmaydi. Bu safargisi ham turli sabablarga ko‘ra murakkab bo‘ldi. APLda va uning atrofida juda katta pullar sarflanyapti. Biz esa o‘zimizdagi imkoniyatdan maksimal darajada foydalandik, deb o‘ylayman.

Biz yashaydigan futbol dunyosi shu. Ayrim paytlarda klublar juda katta mablag‘ sarflaydi. Ba’zida bizdan ko‘proq, ba’zida esa kamroq. Biz o‘z imkoniyatlarimizni to‘g‘ri baholab, bor resursdan unumli foydalanishimiz kerak.

Menimcha, biz juda yaxshi jamoamiz va yanada kuchayishda davom etmoqchimiz", — dedi Kerrik.

Kiritildi: 14:38, 04.09.2026.
O'qildi: 740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик