Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Arteta Nvanerini "Borussiya"ga qo‘yib yuborishga so‘nggi lahzagacha ikkilangan

Arteta Nvanerini "Borussiya"ga qo‘yib yuborishga so‘nggi lahzagacha ikkilangan

Baho:
+ | -

Bild ma’lumotiga ko‘ra, "Borussiya Dortmund" Itan Nvanerini ijaraga olishga faqat Mikel Arteta so‘nggi lahzagacha ikkilanganidan keyin erishgan.

"Arsenal" bosh murabbiyi Leandro Trossard va Gabriel Martinelli jamoani tark etganidan so‘ng hujum chizig‘idagi tanlov qisqarib ketishidan xavotirlangan va Nvanerini qo‘yib yuborish masalasini uzoq o‘ylagan.

"Borussiya"ning futbolchiga qiziqishi yangi transfer Yannis Konstantelias tizzasidan jiddiy jarohat olganidan keyin yanada kuchaygan. Shundan so‘ng klub sport direktori Nils-Ole Buk kelishuvni amalga oshirish uchun faol harakat qilgan.

"Biz bu pozisiya uchun avvaldan futbolchi qidirayotgan edik. Yakkama-yakka vaziyatlarda kuchli, tezkor va yaxshi dribling qila oladigan o‘yinchi kerak edi.

Nvaneri juda iqtidorli futbolchi. U Angliya U21 terma jamoasida Job Bellingem bilan birga o‘ynaydi. Shuningdek, u Premyer-liga tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchi. Jahon chempionati oldidan esa Angliya milliy terma jamoasi bilan ham mashg‘ulot o‘tkazgan.

Biz bir mavsumga juda yaxshi futbolchini oldik. Undan katta umidlarimiz bor va men uni bu ishonchni oqlay olishiga ishonaman", — dedi "Borussiya" bosh murabbiyi Niko Kovach.

Avvalroq "Marsel"dagi murakkab ijaradan qaytgan Nvaneri Dortmundga o‘tishida Job Bellingemning ham roli bo‘lganini aytdi.

"U menga doimo Dortmundga kelishim kerakligini aytardi. Endi u bilan birga o‘ynaydiganimdan xursandman", — dedi Nvaneri.

Futbolchi bu hafta oxirida "Xoffenxaym"ga qarshi uchrashuvda "Borussiya" safida debyut qilishi mumkin.

Kiritildi: 15:15, 04.09.2026.
O'qildi: 660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик