The Telegraph ma’lumotiga ko‘ra, "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida erkin agent Leon Goreskani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqqan, ammo yakunda Yuri Tilemans transferiga ustuvorlik bergan.
Goreska "Bavariya"da sakkiz yil o‘ynab, shu davr mobaynida yetti marta Bundesligada chempion bo‘lganidan so‘ng klubni tark etgan edi.
"Yunayted" avval Edersonni qo‘lga kiritishga harakat qilgan. Futbolchi hatto Kerringtonda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, ammo keyin "Atalanta"ga qaytgan. Shundan so‘ng mankunianliklar Goreska variantiga murojaat qilgan.
Biroq INEOS Tilemansning shartnomasida 35 million funtlik tovon puli bandi borligini bilgach, tezkor harakat qildi. Natijada "Aston Villa" futbolchining ketishiga to‘sqinlik qila olmagan.
Tilemans "Aston Villa"ning Yevropa ligasi finalidagi g‘alabasida gol urgan, shuningdek, Belgiya terma jamoasini jahon chempionati chorak finaliga olib chiqqan.
U Angliyaga qaytishi bilan "Manchester Yunayted"ga o‘tishini rasmiylashtirdi va jamoaning APLdagi dastlabki ikki o‘yinini asosiy tarkibda boshladi.
Uning sobiq jamoadoshi Jon Makginn Tilemans haqida shunday dedi:
"Ajoyib professional. Ishchanligi ham, sifati ham juda yuqori".













