Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saloh va Fabinyo Risharlisonni Turkiyaga olib kelishga urinmoqda

Saloh va Fabinyo Risharlisonni Turkiyaga olib kelishga urinmoqda

Baho:
+ | -

Risharlison "Tottenxem"dagi kelajagi borasida hal qiluvchi davrni boshdan kechirmoqda. Bosh murabbiy Roberto De Dzerbi rejalariga kirmagan braziliyalik hujumchi U21 jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda va APL uchun rasmiy qaydnomaga ham kiritilmagan.

Shu vaziyatda Turkiyaning "Trabzonspor" klubi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarni faollashtirgan.

ESPN ma’lumotiga ko‘ra, turk klubi Risharlisonni ko‘ndirish uchun Muhammad Saloh va Fabinyoni vositachi sifatida jalb qilgan. Ular so‘nggi kunlarda futbolchi bilan shaxsan bog‘lanib, uni "Trabzonspor" loyihasiga qo‘shilishga chaqirgan.

Risharlisonning o‘zi transferga qarshi emas. "Trabzonspor" esa u uchun 20 million yevro taklif qilgan, ammo "Tottenxem" rahbariyati dastlabki taklifni rad etgan.

Futbolchining vakillari Turkiyada transfer oynasi yopilguniga qadar kelishuvni yakunlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, boshqa variantlar ham saqlanib qolgan. Ular orasida Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o‘tish yoki yanvarda Yevropa transfer oynasi qayta ochilishini kutish ham bor.

Kiritildi: 15:21, 04.09.2026.
O'qildi: 913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик