Kirish Ro'yxatdan o'tish

Simeone Deviddan nimani kutayotganini aytdi

Simeone Deviddan nimani kutayotganini aytdi

Baho:
+ | -

"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone hujumchi Jonatan Devid bilan ishlash bo‘yicha dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bizga u "Lill"da qanday futbolchi bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shunday holatda kerak. Biz u bilan gaplashdik. Unda jamoamizga yordam bera oladigan sifatlar bor.

Bizga uning imkon qadar tezroq moslashishi kerak. Hozir bu jarayon davom etyapti, chunki u yaqindagina keldi. Biz uning ishtiyoqli va juda kuchli motivasiyaga ega ekanini ko‘ryapmiz.

Umid qilamizki, maydonda u o‘zi xohlayotgan va biz undan kutayotgan narsani bera oladi", — deya Simeonening so‘zlarini AS nashri keltirdi.

Devid yozgi transfer oynasining oxirida "Yuventus"dan "Atletiko"ga o‘tdi.

Kanada terma jamoasi hujumchisi madridliklar safida ijara asosida o‘ynaydi. "Atletiko"da uni keyinchalik to‘liq sotib olish imkoniyati ham bor.

Kiritildi: 16:47, 04.09.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик