«Inter»ning yangi sport direktori Dario Bachchin Pyero Auzilioning o‘rnini egallaganidan so‘ng ilk bor matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Bachchin klub rahbariyati unga ishonch bildirganidan minnatdor ekanini ta’kidladi.
«Bu menga nisbatan hurmat belgisi va bunday imkoniyat uchun minnatdorman», — dedi «Inter»ning yangi rahbari. Bachchin shuningdek, Auzilio bilan so‘nggi kunlarda o‘tkazgan suhbatlari yangi vazifasiga xotirjam kirishishiga yordam berganini aytdi.
U «Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu bilan ham yoshlar tizimida ishlagan davridan beri ko‘p yillik munosabatlarga ega ekanini qayd etdi. Bachchin yangi lavozimdagi faoliyatini Auzilio qoldirgan poydevor asosida davom ettirishini bildirgan.













