Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Ispaniyada bahslar avj oldi

Ispaniyada bahslar avj oldi

Baho:
+ | -

Futbol jamoatchiligida «Real»ning «Betis»ga qarshi o‘yinida hakam madridliklar zarariga xato qaror chiqargan-chiqarmagani borasida qizg‘in bahslar avj oldi.

Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshira olmadi. Shu bilan birga, 11 metrlik zarba qayta tepilmadi, garchi takroriy lavhalarda «Betis» himoyachisi Mark Bartra Mbappe zarba berishidan oldin jarima maydoni ichiga kirib ketgandek ko‘ringan. Keyinchalik Bartra Mbappening qaytgan to‘pga zarba berishga urinishiga ham xalaqit berdi.

Tiempo de Juego dasturida hakamlik bo‘yicha ekspert Pedro Martin Bartra oyog‘i hali maydonga tegmagan bo‘lsa ham, jarima maydoni ichida turgan futbolchi sifatida baholanishi mumkinligini ta’kidladi.

«Aslida, futbolchining oyog‘i yerga tekkan-tegmaganidan qat’i nazar, u jarima maydoni ichida deb hisoblanadi», — dedi ekspert.

Muhokama davomida studiyadagi mutaxassislar, agar ofsaydni aniqlashda qo‘llanadigan tamoyildan foydalanilsa, Bartrani qoidabuzarlik sodir etgan futbolchi sifatida baholash kerakligini qayd etishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham muxlislar ushbu epizod yuzasidan faol bahslashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Real» uchrashuvda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Kiritildi: 04:04, 05.09.2026.
O'qildi: 1457 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик