Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ramush «Milan»dagi yuqori maoshi haqida gapirdi

Ramush «Milan»dagi yuqori maoshi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Milan»ning yangi futbolchisi Gonsalu Ramush uning transferi va maoshi uchun katta mablag‘ sarflanganini klub tomonidan bildirilgan ishonch sifatida qabul qilishini aytdi. Shu sababli u bu mavzudagi savollarni unchalik xush ko‘rmasligini ta’kidladi.

«Menga qancha pul to‘langani haqida emas, klubning menga bo‘lgan ishonchi haqida o‘ylayman. Menga yuqori maosh taklif qilinganining o‘zi yaxshi belgi — bu menga ishonishlarini anglatadi.

Endi men o‘zimni isbotlashim kerak. Bu esa men uchun qo‘shimcha motivasiya bo‘lib xizmat qiladi», — dedi Ramush.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchining avvalgi klubi Fransiyaning «PSJ» jamoasi edi. Parijliklar Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

Kiritildi: 04:06, 05.09.2026.
O'qildi: 1042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик