Xorvatiya terma jamoasining sobiq futbolchisi, 1998 yilgi jahon chempionati bronza medali sovrindori Zvonimir Boban Luka Modrichni daho futbolchi deb atadi.
«Luka — daho, daholik esa yosh o‘tgani sari yo‘qolmaydi. U voqealar rivojini oldindan his qilish uchun o‘z mantig‘idan juda yaxshi foydalanadi.
Ammo, menimcha, Amorim tizimida o‘ynash unga oson bo‘lmaydi. Allegri davrida uni ikki nafar yarim himoyachi sug‘urtalab turardi va u chuqurroq pozisiyadan harakat qilardi. Endi esa unga faqat bitta sherik bilan taxminan 60 metrlik hududni yopishga to‘g‘ri keladi», — dedi Boban La Gazzetta dello Sport nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Modrich ayni paytda «Milan» safida to‘p tepmoqda. Boban esa futbolchilik faoliyatining o‘n yilini aynan shu klubda o‘tkazgan.













