Aleksander Isakka Angliya Premyer-ligasi 3-turida «Ipsvich»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etish uchun atigi 9 daqiqa kerak bo‘ldi. Shvesiyalik hujumchining ikki goli «Liverpul»ga 2:0 hisobidagi g‘alabani ta’minladi.
Shu bilan birga, Isak «Liverpul» safida APLda 2011 yildan beri eng tez dubl qayd etgan futbolchi bo‘ldi.
O‘shanda argentinalik Maksi Rodriges «Fulxem»ga qarshi bahsning 7-daqiqasiga qadar ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi. «Liverpul» o‘sha uchrashuvda 5:2 hisobida g‘alaba qozongan.
Qiziq tomoni, «qizillar» chempionatning keyingi turida ham aynan «Fulxem»ga qarshi maydonga tushadi.













