Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» 20 yildan ortiq vaqtdan beri kuzatilmagan antirekordni qayd etdi

«PSJ» 20 yildan ortiq vaqtdan beri kuzatilmagan antirekordni qayd etdi

Baho:
+ | -

«PSJ» joriy mavsum boshida Fransiya chempionatida omadsiz natijalar qayd etmoqda.

Luis Enrike jamoasi Liga 1dagi dastlabki ikki uchrashuvini 2:2 hisobida durang bilan yakunladi. Har ikki bahsda ham parijliklar mag‘lubiyatdan faqat o‘yinning so‘nggi daqiqalarida qutulib qoldi.

«Monako»ga qarshi uchrashuv ham «PSJ» uchun og‘ir kechdi. Parijliklar birinchi bo‘lib hisobni ochgan bo‘lsa-da, keyinchalik o‘z darvozasidan ikki gol o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, «PSJ» 2005 yil boshidan beri ilk bor Liga 1da ketma-ket to‘rtta uchrashuvda kamida ikkitadan gol o‘tkazib yubordi.

Ushbu noxush seriya o‘tgan mavsumning so‘nggi turida boshlangan. O‘shanda «PSJ» «Parij»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

O‘tgan mavsumda «PSJ» «Lans»ni 6 ochkoga ortda qoldirib, Fransiya chempioni bo‘lgan. «Monako» esa mavsumni 7-o‘rinda yakunlagan edi.

Kiritildi: 08:29, 05.09.2026.
O'qildi: 1012 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик