"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya klubi bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi.
"Faoliyatimda ilk bor bir jamoada shuncha uzoq vaqt ishlayapman. Hozirgi motivasiyam bu yerdagi birinchi yilimdagidan ham kuchliroq. Bu men uchun biroz g‘alati.
Men bu yerda yana uzoq vaqt qolishga umid qilaman, ammo bunga munosib bo‘lish kerak", — dedi Enrike matbuot anjumanida.
Fransiya chempionatining 3-turida "PSJ" o‘z maydonida "Monako"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ayni paytda parijliklar 2 ochko bilan turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. "Monako" esa 9 ochko bilan peshqadam.
"PSJ" navbatdagi uchrashuvini 9 sentyabr kuni Chempionlar ligasining 1-turi doirasida "Slovan"ga qarshi o‘tkazadi.













