Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

Isak: "Bu yil nihoyat to‘liq mavsumoldi tayyorgarlikdan o‘tdim"

Isak: "Bu yil nihoyat to‘liq mavsumoldi tayyorgarlikdan o‘tdim"

Baho:
+ | -

"Liverpul" hujumchisi Aleksander Isak Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumini samarali boshlagani haqida fikr bildirdi.

"Bu yil nihoyat to‘liq va normal mavsumoldi tayyorgarlikdan o‘tdim. O‘tgan yil oson kechmadi. Jarohatdan keyin uzoq vaqt tiklanishimga to‘g‘ri keldi.

Men faqat jahon chempionatida yaxshi o‘ynash va mavsumoldi yig‘inlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish haqida o‘yladim. O‘tgan mavsum ortimda qolganidan xursandman", — dedi Isak. Uning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirdi.

Angliya chempionatining 3-turida "Liverpul" safarda "Ipsvich"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi har ikki golga ham Isak mualliflik qildi.

Shvesiyalik hujumchi APLning dastlabki uch uchrashuvida 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 12:33, 05.09.2026.
O'qildi: 909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик