Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ekvador terma jamoasini argentinalik murabbiy boshqaradigan bo‘ldi

Ekvador terma jamoasini argentinalik murabbiy boshqaradigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Argentinalik mutaxassis Marselo Galyardo Ekvador terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassis Ekvador futbol federasiyasi bilan 2030 yilgi jahon chempionatiga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Uning oldiga milliy terma jamoani navbatdagi yirik musobaqalarga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Galyardo Ekvador terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida 2024 yildan buyon ishlab kelgan Sebastyan Bekkasesening o‘rnini egallaydi.

Ekvador terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida 1/16 final bosqichigacha yetib bordi va ushbu bosqichda Meksikaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Kiritildi: 13:25, 05.09.2026.
O'qildi: 677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик