Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Monako» bosh murabbiyi Golovinning jamoada qolishini istamoqda

«Monako» bosh murabbiyi Golovinning jamoada qolishini istamoqda

Baho:
+ | -

«Monako» bosh murabbiyi Filipe Luis yarim himoyachi Aleksandr Golovin klubni tark etmasligiga umid bildirdi. Avvalroq futbolchining jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«PSJ»ga qarshi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvda (2:1) rossiyalik futbolchi golli uzatma amalga oshirdi.

«U qolishini umid qilaman, chunki u fantastik va o‘ziga xos futbolchi. U kabi kuchli futbolchini topish qiyin. U vaziyatlar yaratadi, texnikasi ajoyib, hamma narsani qila oladi. Bu juda yuqori darajadagi futbolchi va men uni jamoada saqlab qolishni xohlayman», — deya Luisning so‘zlarini Foot Mercato Ligue1+ efiriga tayanib keltirdi.

Kiritildi: 14:16, 05.09.2026.
O'qildi: 989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик