Nyu-Yorkdagi Tayms-skver maydonida FIFA prezidenti Janni Infantioga qarshi banner paydo bo‘ldi.
Bannerda: «FIFAga savdogar emas, lider kerak. Futbol federasiyalari, Infantioni lavozimdan oling», — deb yozilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Infantio Jahon chempionatlariga xususiy investisiyalarni jalb qilish rejalari ma’lum qilinganidan so‘ng qattiq tanqidlarga uchragan edi. UEFA, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi futbol konfederasiyasi (KONKAKAF) va Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) ushbu taklifni rad etgan.
Keyinroq UEFA Infantioni Jahon chempionatlariga bo‘lgan huquqlarning bir qismini xususiy investorlarga sotishga urinishi bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atish tashabbusini ilgari surishga tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi.













