Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Arteta “Arsenal”ning transfer siyosatini himoya qildi

Arteta “Arsenal”ning transfer siyosatini himoya qildi

Baho:
+ | -

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta yozgi transferlar oynasida jamoaning hujum chizig‘i yetarlicha kuchaytirilmagani haqidagi tanqidlarga javob qaytardi.

London klubi yozgi transfer oynasi vaqtida Gabriel Martinelli, Gabriel Jezus va Leandro Trossard bilan xayrlashdi. Martinelli 60 million funt evaziga “Al-Hilol”ga, Jezus 8,5 million funtga “Barselona”ga, Trossard esa 17,1 million funt evaziga “Beshiktosh”ga o‘tdi.

“Arsenal” ularning o‘rniga hujum chizig‘iga faqat “Bryugge”dan 34 million funt evaziga Xristos Tzolisni transfer qildi. Natijada chap qanotda Tzolis va Eberechi Eze, markaziy hujumda esa Kay Havers, Viktor Gyokeresh hamda Mikel Merino asosiy variantlar sifatida ko‘rilmoqda.

Arteta tarkibning qisqargani haqidagi tanqidlarni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, futbolchilarni sotish qarori ularning maydondagi o‘yin vaqti hamda jarohatlar bilan bog‘liq holatlari inobatga olingan holda qabul qilingan.

“Bizda yaxshi futbolchilar bor. Mavjud tarkibdan mamnunmiz”, deydi Arteta.

Murabbiy, shuningdek, Gabriel Martinelli bilan xayrlashish qarori haqida ham fikr bildirdi. U braziliyalik futbolchining jamoa rivojiga katta hissa qo‘shganini ta’kidladi:

“Men Gabi bilan ishlaganimdan minnatdorman. U futbolchi va inson sifatida katta o‘sishga erishdi. Uning klubga qo‘shgan hissasi juda katta”.

“Arsenal” muxlislarining bir qismi transfer oynasidagi klub siyosatidan norozi bo‘ldi. Bunga Artetaning avvalroq klub transfer bozorida tezkor, aqlli va katta maqsadlar bilan ish olib borishini aytgani sabab bo‘ldi.

Murabbiy transferlar borasidagi barcha maqsadlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

“Barchasi 100 foiz bajarildi. Yakuniy natija har doim ham kutgandek bo‘lmasligi mumkin, ammo niyatimiz aniq edi”, dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, 44 yoshli Mikel Arteta 2019-yildan buyon “Arsenal”ni boshqarib kelmoqda. U London jamoasi bilan Angliya Kubogi, uch marta Angliya Superkubogi hamda o‘tgan mavsumda Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi va klubga 22 yil kutilgan kutilgan kubokni olib keldi.

Bundan tashqari, Mikel Arteta 2025/2026-yilgi mavsumda APLning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:40, 05.09.2026.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик