«Vulverxempton»ning qanot hujumchisi Mateus Mane yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin edi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini «Liverpul» va «Manchester Yunayted» xarid qilishga uringan, ammo «bo‘rilar» ikki klubning takliflarini rad etgan. Klub Mane hozircha sotilmasligini aniq ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, Manening o‘zi rahbariyatdan uni qo‘yib yuborishni talab qilmagan, ammo yangi chaqiriqni qabul qilishga qarshi emas edi.
Vinger yangi mavsumda barcha turnirlarda 6 ta uchrashuvda ishtirok etdi, ammo natijali harakatlar amalga oshira olmadi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Manening bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.













