Alvaro Valyes "Betis"ning "Real" ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabasi vaqtida Kilian Mbappening qo‘shib berilgan daqiqalardagi penaltisini qaytarish oldidan qo‘llagan psixologik usuli haqida gapirdi.
"Mbappeni biroz chalg‘itishga harakat qildim. Unga: "Oxirgi daqiqa, naqadar omadli vaziyat..." dedim va bu ish berdi", — dedi Valyes o‘yindan so‘ng.
Uning seyvi "Betis"ga hisobdagi ustunlikni saqlab qolish va "Real" ustidan esda qolarli g‘alabani qo‘lga kiritish imkonini berdi. Madridliklar esa tenglashtiruvchi golni urish uchun so‘nggi daqiqalarda katta kuch bilan oldinga tashlangandi.
Shu bilan birga, Valyes bu g‘alaba butun jamoaning mehnati ekanini ta’kidladi. U o‘yin oxirida jamoadoshlari ishonchli himoyalanganini va "Real"ning kuchli bosimiga qaramay darvoza daxlsizligini saqlab qolishganini alohida qayd etdi.
"Jamoa juda katta ishni bajardi. Bu natija barchamizning mehnatimiz samarasi", — deya qo‘shimcha qildi darvozabon.













