Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kostakurta: "Inter" mustahkam jamoa"

Kostakurta: "Inter" mustahkam jamoa"

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi va «Milan»ning sobiq himoyachisi, hozirda Sky Sport Italia eksperti bo‘lgan Alessandro Kostakurta «Inter» va «Komo» Chempionlar ligasining yangi mavsumida syurpriz taqdim etishi mumkinligini aytdi, deya xabar bermoqda Football Italia.

Kostakurtaning fikricha, yozgi transferlardan so‘ng «Inter» musobaqada g‘oliblik uchun kurasha oladigan jamoalar qatoriga qo‘shildi. U milanliklarning Jon Stounz, Kyortis Jons va Ded Spens kabi futbolchilarni tarkibga qo‘shganini yuqori baholadi.

«Inter» mustahkam jamoa va uni mag‘lub etish qiyin, omad hamroh bo‘lsa, ular Chempionlar ligasida oxirigacha borishi mumkin», — dedi Kostakurta.

Shuningdek, u Sesk Fabregas boshqarayotgan «Komo»dan ham katta natija kutayotganini ta’kidlab, jamoa yosh futbolchilar ko‘pligi sabab qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin bo‘lsa-da, 1/8 finalga chiqishiga ishonch bildirdi. Kostakurta umumiy favoritlar sifatida esa PSJ, «Barselona», «Real», «Bavariya» va «Inter»ni sanab o‘tdi.

Kiritildi: 16:56, 05.09.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик