Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Sobiq hakam Mayk Din APLdagi ish uslubi haqidagi gaplari uchun uzr so‘radi

Sobiq hakam Mayk Din APLdagi ish uslubi haqidagi gaplari uchun uzr so‘radi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida bosh hakam sifatida 560 ta uchrashuvni boshqargan Mayk Din yaqinda futbol muxlislarini hayratda qoldirgan edi.

Sobiq referi hakamlar ba’zan o‘yin vaqtida o‘zlari uchun kichik «musobaqalar» uyushtirishini aytgan. Masalan, imkoni boricha uzoq vaqt hushtak chalmaslik yoki markaziy doiradan chiqmasdan ishlash kabi holatlarni misol keltirgan edi.

Bu gaplardan keyin Din tanqidlarga uchradi. Muxlislar bunday yondashuvni professional deb bo‘lmasligini ta’kidlashdi. Endi sobiq hakam o‘z so‘zlariga izoh berdi.

«Hakam sifatida men doim jarima to‘pi belgilash uchun yuqori mezonga amal qilganman va imkoni boricha kamroq hushtak chalishga harakat qilganman. Agar o‘yinni davom ettirish imkoni bo‘lsa, shunday qilardim.

Albatta, bu hafta men ba’zi noo‘rin gaplarni aytdim. O‘ylaymanki, fikrimni yaxshiroq ifoda qilishim mumkin edi. Lekin xatolardan saboq olamiz.

Men ataylab qoidalarga qarshi chiqqanmanmi? Yo‘q. Agar shunday qilganimda, APLda bunchalik ko‘p o‘yinda ishlamagan va 25 yil hakamlik qilmagan bo‘lardim. Men o‘z vazifamni professional tarzda bajarganman. Hakamlik faoliyatimdagi qarorlarimdan afsuslanmayman.

Yaqindagi o‘sha izohimga kelsak, agar o‘sha vaziyatga qaytish imkoni bo‘lganida, bu gaplarni aytmagan bo‘lardim. Ammo ular aytib bo‘lindi va ommaga chiqdi. Endi hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi», — deya Dinning Soccer Saturday dasturidagi so‘zlarini The Sun keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasining amaldagi chempioni — «Arsenal».

Kiritildi: 04:44, 06.09.2026.
O'qildi: 677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик