Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kompani Keyn va Oliseni nega zaxirada qoldirganini tushuntirdi

Kompani Keyn va Oliseni nega zaxirada qoldirganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» Bundesliganing 2-turida safarda «Shalke 04» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdan keyin myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani Xarri Keyn va Maykl Olise nega asosiy tarkibga kiritilmaganini tushuntirdi.

«Bu shunchaki oddiy qaror edi. Ular ta’tildan juda-juda kech qaytishdi. «Osnabryuk»ka qarshi o‘yin ham ulardan ko‘p kuch oldi. Biz ularning o‘sha kubok bahsida maydonga tushishini istagandik.

Shundan keyin bugungi o‘yin uchun qaror qabul qilishimga to‘g‘ri keldi. Ular hali to‘liq yuklamani ko‘tara oladigan optimal holatga kelmagan», — deya Kompanining so‘zlarini Bayern & Germany keltirmoqda.

Qayd etish joiz, Keyn va Olise uchrashuv davomida zaxiradan maydonga tushdi.

Kiritildi: 04:54, 06.09.2026.
O'qildi: 584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик