Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Sent-Etyen»dan ideal start

«Sent-Etyen»dan ideal start

Baho:
+ | -

«Sent-Etyen» Fransiya ikkinchi divizionida ajoyib natijalar qayd etmoqda. Nomdor klub chempionatning dastlabki beshta uchrashuvida ham g‘alaba qozonib, yuqori divizionga qaytish borasidagi jiddiy maqsadlarini yaqqol namoyon qildi.

Hammasi 1-turda «Sosho» ustidan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshlandi. Keyin «Sent-Etyen» «Klermon»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Shundan so‘ng «Grenobl» 4:0 hisobida tor-mor qilindi.

Navbatdagi turda jamoa «Dijon»ni 3:2 hisobida yengdi. Bu hozircha «Sent-Etyen» uchun mavsumdagi eng qiyin g‘alaba bo‘ldi.

Shanba kuni esa jamoa «Monpelye»ni ham 3:1 hisobida mag‘lub etib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi.

Liga 2da bunday muvaffaqiyatli startni so‘nggi bor 2018 yilda «Mets» qayd etgan edi.

Keyingi turda «Sent-Etyen» «Dyunkerk»ka qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 05:04, 06.09.2026.
O'qildi: 762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик