Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Tyuram «Napoli» ustidan kambek haqida gapirdi

Tyuram «Napoli» ustidan kambek haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Inter» futbolchisi Markus Tyuram Italiya chempionatining 3-turida «Napoli» ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi irodali g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. «Neradzurri» 0:2 hisobidan qaytib, 92-daqiqada hal qiluvchi golni urdi.

«Men o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olishni istadimmi? Yo‘q, yo‘q. Bu sovrin Lautaroga tegishli bo‘lishi kerak. U bizning sardorimiz va yetakchimiz.

U jahon chempionatida juda ko‘p o‘yin o‘tkazdi va dastlabki uchrashuvlar oson kechmagan bo‘lsa ham, jamoa uchun bor kuchini berdi. Hozir u yana o‘zining eng yaxshi darajasiga qaytyapti va bugun bizga g‘alaba keltirdi», — deya Tyuramning so‘zlarini Football Italia keltirmoqda.

Golni nishonlashi haqida esa Tyuram shunday dedi:

«Bugun men goldan keyin to‘siq ustiga chiqdim, chunki bu alohida lahza edi. 0:2 hisobidan qaytib, 3:2 hisobida g‘alaba qozonish — aql bovar qilmas his».

«Inter» 9 imkoniyatdan 9 ochko to‘plab, turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. «Napoli» esa 3 ochko bilan 13-pog‘onada.

Kiritildi: 05:14, 06.09.2026.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик