Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge - Aston Villa
08/09 21:45 AEK - LASK
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Duglas Kosta: «Ronaldu bilan o‘ynash — o‘yinni 1:0 hisobida boshlashdek edi»

Duglas Kosta: «Ronaldu bilan o‘ynash — o‘yinni 1:0 hisobida boshlashdek edi»

Baho:
+ | -

«Yuventus»ning sobiq futbolchisi Duglas Kosta Turin klubida o‘ynagan paytida Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada harakat qilganini esladi va portugaliyalik superyulduzga yuqori baho berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ronalduning asosiy tarkibda bo‘lishi jamoaga go‘yo o‘yin boshlanmasidanoq bir gollik ustunlik bergandek ta’sir qilar edi.

«Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynash — go‘yo bir gollik ustunlikka ega bo‘lishdek edi. Men uchun u — fenomen.

Men Messining o‘yinini jonli ko‘rmaganman, ammo uning qanday o‘ynashini bilaman. Krishtianu bilan birga to‘p tepish esa xuddi tushdek edi.

Uning fikrlashi boshqalarnikidan farq qiladi. Aynan shuning uchun ham u shunchalik ko‘p narsaga erishdi va juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritdi», — dedi Duglas Kosta.

Duglas Kosta 2017 yildan 2022 yilgacha «Yuventus» sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 08:37, 06.09.2026.
O'qildi: 978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик