Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lempard: «Biz bu o‘yindan kamida bir ochkoga loyiq edik»

Lempard: «Biz bu o‘yindan kamida bir ochkoga loyiq edik»

Baho:
+ | -

«Koventri» bosh murabbiyi Frenk Lempard Angliya chempionatining 3-turida «Manchester Siti»dan 0:1 hisobida uchralgan safar mag‘lubiyatidan so‘ng fikr bildirdi.

«Biz tomondan yaxshi o‘yin bo‘ldi. Bu uchrashuvdan nimadir olishga loyiq edik, deb his qildik. Menimcha, durang adolatli natija bo‘lar edi.

Biz uchta juda yaxshi golli vaziyat yaratdik. Futbolchilar hozir kiyinish xonasida hech qanday ochko ololmaganimizdan juda xafa.

Premyer-liga — juda yuqori daraja. Eng muhimi, biz bu o‘yindan o‘zimizga bo‘lgan ishonchni olishimiz kerak», — dedi Lempard matbuot anjumanida.

«Koventri» uchta o‘yindan keyin hali ochko jamg‘ara olmagan va Angliya chempionati turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.

4-turda jamoa o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 08:41, 06.09.2026.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик