Manbaga ko‘ra, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Eduardo Kamavingaga ishonch bildirmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis hech qachon fransuz futbolchisining jamoadan ketishi ehtimolini ko‘rib chiqmagan. Kamavinganing amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
Ayrim OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» o‘tgan transfer oynasida Eduardo Kamavingani sotishga tayyor bo‘lgan. Futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirgan.













