Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Arauxo "Liverpul" rahbariyati va murabbiylarini hayratda qoldirdi

Arauxo "Liverpul" rahbariyati va murabbiylarini hayratda qoldirdi

Baho:
+1 | -

"Liverpul"da Ronald Arauxoning jamoadagi dastlabki o‘yinlaridan katta qoniqish hosil bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Sport xabariga ko‘ra, urugvaylik himoyachi hozircha yangi jamoasi safida bor-yo‘g‘i uchta rasmiy uchrashuvda qatnashgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati uni jalb qilish to‘g‘ri qaror bo‘lgan, degan fikrda. Murabbiylar shtabi ham, direktorlar ham Arauxoning harakatlaridan juda mamnun.

27 yoshli futbolchi APLning dastlabki ikki turida zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa, "Ipsvich"ga qarshi 2:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda ilk bor asosiy tarkibda o‘ynadi va 90 daqiqani to‘liq o‘tkazdi. U mazkur bahsda 10 ta yakkakurashdan 9 tasida, havodagi 6 ta kurashning barchasida g‘olib chiqib, 7 marta to‘pni xavfli hududdan uzoqlashtirdi.

Arauxo "Barselona"dan "Liverpul"ga 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar ijara asosida o‘tgan. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. 

Kiritildi: 17:28, 06.09.2026.
O'qildi: 1491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик