«Barselona» ichidagi El Pais manbalari jamoa bosh murabbiy Xans-Diter Flik o‘tgan yozda tarkibga kelib qo‘shilgan yarim himoyachi Rodridan «juda mamnun» ekanini ta’kidlamoqda.
Xabar qilinishicha, germaniyalik mutaxassis JCH-2026 g‘olibi bilan mashg‘ulotlardan so‘ng tez-tez muloqot qilib turadi. La Liganing «Valensiya»ga qarshi o‘yini oldidan (6 sentyabr) Flik va Rodri mashg‘ulot markazi maydonida boshqa futbolchilar zarbalarni puxtalayotgan bir vaqtda besh daqiqa davomida suhbatlashishdi.
Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, ular pressing haqida gaplashishgan va nemis murabbiyining «ko‘k-anorranglilar» yarim himoyachilari jarima maydoni atrofidan ko‘proq zarba berishi kerakligi borasidagi g‘oyasini muhokama qilishgan.
Shuningdek, Rodri kiyinish xonasining ham mehrini bosqichma-bosqich qozonayotgani ta’kidlanmoqda.













