«Santos» Braziliya chempionatining 26-turida safarda «Internasyonal»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvda hisob 8-daqiqada ochildi. «Santos» hujumchisi Gabriel Barboza jamoasini oldinga olib chiqdi. 29-daqiqada u penaltini aniq amalga oshirib, dubl qayd etdi. 39-daqiqada esa «Santos» forvardi Kristian Oliva hisobni yanada yiriklashtirdi.
49-daqiqada himoyachi Brayan Agirre «Internasyonal»ning birinchi golini urdi. 90+1-daqiqada mezbonlar yarim himoyachisi Bruno Enrike penaltini golga aylantirib, uchrashuvning yakuniy hisobini belgiladi.
«Internasyonal» 28-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Himoyachi Mateus Baiya maydondan chetlatildi.
«Santos» hujumchisi Neymar jarohat sabab ushbu o‘yinda ishtirok etmadi.
«Internasyonal» 26 ta o‘yindan keyin 25 ochko bilan Braziliya chempionati turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. «Santos» esa 25 ta uchrashuvda 32 ochko jamg‘arib, 12-pog‘onada bormoqda.













