«Liverpul»ning sobiq sport direktori Richard Xyuz yangi klubda ish boshladi.
47 yoshli mutaxassis «Al-Hilol»da xuddi shu lavozimga tayinlandi. Eslatib o‘tamiz, Xyuz 5 sentyabr kuni o‘z xohishiga ko‘ra «Liverpul»ni tark etgan edi.
Shotlandiyalik mutaxassis Angliya klubida 2024 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi.













