«Nyukasl» hujumchisi Jeykob Merfi 2026/27 yilgi mavsumda bosh murabbiy Mattias Yayssleni o‘yini bilan ishontira olsa, klubdan yangi shartnoma olishi mumkin. Bu haqda Football Insider manbalariga tayanib xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, yozgi transfer oynasining so‘nggi bosqichida «Nyukasl» 31 yoshli angliyalik futbolchi uchun «Nottingem Forest»dan tushgan ikkita alohida taklifni rad etgan. So‘nggi taklif miqdori taxminan 18 million yevro bo‘lgan.
«Qarg‘alar» yaqin oylarda Merfi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Jeykob Myorfi 2017 yil iyulidan buyon «Nyukasl» safida to‘p surib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining shartnomasi so‘nggi bor 2021 yil iyulida uzaytirilgan.
2025/26 yilgi mavsumda Merfi 46 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.













