Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kerrik Reshford nega almashtirilganini tushuntirdi

Kerrik Reshford nega almashtirilganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik APLda «Everton»ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda Markus Reshford nega almashtirilganini tushuntirdi.

Yakshanba kuni «Xill Dikinson» stadionida o‘tgan bahsning 70-daqiqasida Kerrik Reshfordni maydondan oldi va uning o‘rniga Patrik Dorguni tushirdi.

Mutaxassisning aytishicha, gap jiddiy jarohat haqida ketmayapti. Reshfordda yengil noqulaylik paydo bo‘lgan va murabbiylar shtabi futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaslikka qaror qilgan.

«U biroz noqulaylik sezdi, shuning uchun uni almashtirishga majbur bo‘ldik.

O‘yinning turli pallalarida maydonning deyarli barcha qismlarida yaxshi o‘zaro harakat qildik. Markus va Lyuk Shou uzoq vaqtdan beri birga o‘ynaydi va bir-birini juda yaxshi tushunadi.

Ko‘rganingizdek, ular o‘z qanotida juda xavfli harakat qildi. Bu esa hali boshlanishi, xolos», — deya Kerrikning so‘zlarini Sky Sports keltirdi.

Kiritildi: 08:43, 07.09.2026.
O'qildi: 1141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик