Bugun, 7 sentyabr kuni Yevropaning bir qator milliy chempionatlari hamda Saudiya Arabistoni Pro ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Ispaniya La Ligasining 4-turiga bugun ikki o‘yin bilan yakun yasaladi. Toshkent vaqti bilan soat 22:00da "Xetafe" — "Selta", 00:30da esa "Elche" — "Real Sosyedad" uchrashuvlari boshlanadi.
Italiya A Seriyasining 3-turida 21:30da "Kalyari" "Lechche"ni qabul qiladi. Kunning so‘nggi bahsida esa 23:45da "Udineze" va "Lasio" o‘zaro to‘qnash keladi.
Turkiya Superligasida ham ikki uchrashuv rejalashtirilgan. 22:00da "Gyoztepe" — "Gaziantep" hamda "Rizespor" — "Alanyaspor" bahslari bir vaqtda start oladi.
Saudiya Arabistoni Pro ligasida esa 20:30da "Al-Xalij" — "Al-Riyod" uchrashuvi o‘tkaziladi. Kunning e’tiborli bahslaridan biri 23:00da boshlanadi — chempionat peshqadami "Al-Hilol" o‘z maydonida "Neom"ni qabul qiladi. "Al-Hilol" dastlabki besh turdan keyin 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.













