Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta: «Xavers nafaqat gol uradi, balki jamoa uchun ham ishlaydi»

Arteta: «Xavers nafaqat gol uradi, balki jamoa uchun ham ishlaydi»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujumchisi Kay Xavers haqida fikr bildirdi.

Angliya Premyer-ligasining uchinchi turida «kanonirlar» «Chelsi»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Gollardan birini Xavers urdi.

«U o‘zini baxtli va mamnun his qilayotgandek ko‘rinmoqda. Uning shaxsiy hayotida ko‘plab muhim va yaxshi voqealar sodir bo‘ldi. Hozir u yaxshi formada, har kuni mashg‘ulot o‘tkazmoqda va shaxsiy tartibiga amal qilmoqda. U nafaqat gol uradi, balki jamoa uchun ham juda yaxshi ishlaydi», — deya Artetaning so‘zlarini Football London keltirgan.

Yangi mavsumda 27 yoshli Xavers barcha musobaqalar doirasida to‘rtta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol urdi.

Kiritildi: 14:41, 07.09.2026.
O'qildi: 654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик