Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" Yevropaning madaniy ta’siri eng yuqori klubi deb topildi

"Liverpul" Yevropaning madaniy ta’siri eng yuqori klubi deb topildi

Baho:
+ | -

"Liverpul" mustaqil global tadqiqot natijalariga ko‘ra, Yevropaning yetakchi jamoalari orasida madaniyatga eng katta ta’sir ko‘rsatayotgan futbol klubi deb topildi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Harris & Toluna tomonidan 22 ta xalqaro bozorda o‘tkazilgan tadqiqotda ishtirokchilarning 31 foizi "Liverpul"ni madaniyatga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan klub sifatida baholagan.

Mersisaydliklar bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan Yevropa klubini sezilarli farq bilan ortda qoldirdi. Keyingi jamoa 24 foiz ovoz to‘plagan.

"Liverpul"ning global qamrovi raqamli ko‘rsatkichlarda ham aks etgan. So‘nggi bir yil ichida klubning ijtimoiy tarmoqlardagi videolari 14,7 milliard marta tomosha qilingan, rasmiy saytiga esa dunyo bo‘ylab 96,16 million marta tashrif buyurilgan.

Tadqiqot natijalari muxlislik madaniyati, raqamli kontent va xalqaro auditoriya bilan faol muloqot "Liverpul"ning futboldan tashqaridagi ta’sirini ham oshirayotganini ko‘rsatdi.

Kiritildi: 10:09, 08.09.2026.
O'qildi: 858 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик