"Chelsi" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo shanba kuni Angliya Premyer-ligasida "Xall Siti"ga qarshi o‘tadigan uchrashuvda maydonga qaytishi mumkin. Bu haqda BBC Sport xabar berdi.
Kaysedo yakshanba kuni "Arsenal"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi. Uning yo‘qligi sababli "Chelsi"ning maydon markazidagi tanlov imkoniyatlari cheklanib qoldi.
London klubi yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida "Fulxem" yarim himoyachisi Sander Bergeni ham o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan.
Biroq "Chelsi" rasmiy taklif yubormagan, "Fulxem" esa 28 yoshli Norvegiya milliy jamoasi futbolchisini sotilmaydigan o‘yinchi deb hisoblagan.
"Chelsi" transfer oynasini 125 million funt evaziga "Manchester Siti"ga o‘tgan Enso Fernandesning o‘rniga yangi futbolchi xarid qilmasdan yakunladi.
Shu bois Kaysedoning "Hall Siti"ga qarshi bahs oldidan safga qaytishi jamoa uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin.













