«Leganes» hujumchisi Alvaro Morata Ispaniya milliy jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi g‘alabasi va bosh murabbiy Luis de la Fuente uni musobaqa qaydnomasiga kiritmagani haqida fikr bildirdi.
«Jahon chempionatida qatnashishni juda istardim. Ammo Nyu-Yorkka borganimda o‘zimni deyarli jamoaning bir qismiday his qildim. Chunki u yerda milliy jamoada men bilan birga faoliyatini boshlagan ko‘plab futbolchilarni ko‘rdim.
Agar o‘tgan yil boshqacha kechganida nima bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylash mumkin, ammo bundan ma’no yo‘q.
Men jamoaga foyda keltirishim va yaxshi muhit yaratishim mumkin edi. Biroq men u yerda bo‘lmaganim murabbiy uchun osonroq bo‘lgan deb o‘ylayman. Tasavvur qiling, jahon chempionati boshlanadi va hamma men u yerda nima qilayotganimni so‘raydi. Bunday shov-shuvdan qochgan ma’qul.
Borxa Iglesias ham, boshqa hujumchilar ham musobaqada ishtirok etishga munosib edi. Ferran Torres men urishni juda istagan golni urdi va men u uchun xursand bo‘ldim», — deya Morataning so‘zlarini keltiradi Sport.es El Larguero manbasiga tayanib.













