«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich Chempionlar ligasining yangi mavsumidagi asosiy favoritlar haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, bu yil «Barselona» yili bo‘lishi mumkin. Xansi Flik bilan jamoada hammasi yaxshi ketyapti. U juda kuchli murabbiy.
«PSJ»ni ham yana bir bor jiddiy hisobga olish kerak, garchi ular mavsumni omadsiz boshlagan bo‘lsa ham. Albatta, «Real» va «Bavariya» ham Chempionlar ligasi sovrigi uchun asosiy favoritlardan. Angliya jamoalarini ham kuzatib borish kerak», — dedi Rakitich.













