«Vilyarreal» bosh murabbiyi Inigo Peres 2026/27 yilgi mavsum Chempionlar ligasi UEFA umumiy bosqichi 1-turida Dortmundning «Borussiya»siga qarshi uchrashuv yakunlarini sarhisob qildi. Ispaniyaliklar 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
«Biz «Borussiya»ning hujumdagi salohiyatini cheklash va shu bilan birga o‘z imkoniyatlarimizni yaratishni rejalashtirgandik. Ayrim vaqtlarda buni muvaffaqiyatli amalga oshirdik, ammo yakunda bu bizga hech qanday natija keltirmadi.
Hali o‘yinimizdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etishimiz kerak, ammo men mutlaqo xafa emasman. Shu bilan birga, jamoam sifatli futbol uchun munosib mukofot olishini istardim», — deya Peresning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirmoqda.
«Vilyarreal» keyingi uchrashuvini Chempionlar ligasi 2-turida 13 oktyabr kuni «Napoli»ga qarshi o‘tkazadi. Dortmundning «Borussiya»si esa bir kundan so‘ng, 14 oktyabr kuni Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubi bilan o‘ynaydi.













