Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Girassi «Borussiya» tarixida Chempionlar ligasidagi ikkinchi eng yaxshi to‘purarga aylandi

Girassi «Borussiya» tarixida Chempionlar ligasidagi ikkinchi eng yaxshi to‘purarga aylandi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya»si hujumchisi Seru Girassi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi birinchi turida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda (3:2) dubl qayd etdi.

Gvineyalik futbolchi uchrashuv yakunida uch marta gol urdi, ammo ulardan biri o‘z darvozasiga kiritilgan gol bo‘ldi. Shu tariqa, hujumchining «shmellar» safida Chempionlar ligasida urgan gollari soni 19 taga yetdi. U klubning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 17 ta gol urgan Robert Levandovskidan o‘zib ketdi.

Rekord esa Marko Roysga tegishli — u Chempionlar ligasida «Borussiya» uchun 24 ta gol urgan.

Seru Girassi 2024 yil o‘rtasida «Shtutgart»dan «Borussiya»ga o‘tgan. «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuv 30 yoshli futbolchi uchun «shmellar» safidagi 100-o‘yin bo‘ldi. Ushbu 100 ta uchrashuvda Girassi 64 ta gol urgan.

Kiritildi: 08:14, 09.09.2026.
O'qildi: 757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик