Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Gasperini: «Biz Chempionlar ligasida o‘z xarakterimiz va darajamizni sinab ko‘ramiz»

Gasperini: «Biz Chempionlar ligasida o‘z xarakterimiz va darajamizni sinab ko‘ramiz»

Baho:
+ | -

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Chempionlar ligasi umumiy bosqichi starti oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Rimliklar 1-turda 10 sentyabr kuni safarda Turkiyaning «Fenerbaxche» klubiga qarshi maydonga tushadi.

«Biz juda qaynoq muhitda o‘ynaymiz va o‘z xarakterimiz hamda darajamizni sinab ko‘rishni istaymiz. Bu raqiblarning barchasi o‘z chempionatlaridagi kuchli jamoalar bo‘lib, tarkibida juda yuqori saviyadagi futbolchilar bor.

Teng kechayotgan o‘yinda ular bir lahza ichida natijani o‘zgartirib yuborishga qodir. Shuning uchun doimo hushyor bo‘lishimiz kerak. Biroq shu bilan birga o‘z kuchimizga ishonishimiz va raqiblarga xuddi shunday muammolar tug‘dira olishimizni tushunishimiz lozim», — deya Gasperinining so‘zlarini Football Italia keltiradi.

«Biz yaxshi formadamiz. Hozircha maydonga tusha olmaydigan yagona futbolchi — Lorenso Pellegrini. Uning tez orada safga qaytishiga umid qilamiz. Biz bu yangi sarguzashtga tayyormiz», — dedi murabbiy.

«Roma» Chempionlar ligasida so‘nggi bor 2018/19 mavsumida ishtirok etgan. O‘shanda rimliklar 1/8 finalgacha yetib borib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Portu»ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Shu tariqa, «Roma» 7 mavsumlik tanaffusdan so‘ng Chempionlar ligasiga qaytmoqda.

Kiritildi: 22:50, 09.09.2026.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик