Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Demirovich «Shtutgart» tarixida Chempionlar ligasida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi bo‘ldi

Demirovich «Shtutgart» tarixida Chempionlar ligasida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Germaniyaning «Shtutgart» klubi Chempionlar ligasidagi dastlabki uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazib, Norvegiyaning «Viking» jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Nemis klubining uchala goliga ham bosniyalik futbolchi Ermedin Demirovich mualliflik qildi.

Demirovich xet-trik qayd etish uchun atigi 12 daqiqa sof o‘yin vaqtiga muhtoj bo‘ldi. Shu tariqa bosniyalik futbolchi «Shtutgart» tarixida Chempionlar ligasi yoki uning avvalgi nomi bo‘lgan Chempionlar kubogi bahsida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Demirovich 2024 yildan buyon «Shtutgart» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 07:15, 10.09.2026.
O'qildi: 622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик