«Roma»ning A Seriyada yangi mavsumni ajoyib boshlaganidan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini klubning ambisiyalari faqat ichki musobaqalar bilan cheklanmasligini ta’kidladi.
«Biz jahon chempionati qanchalik muhim ekanini bilamiz, ammo Chempionlar ligasi, shubhasiz, juda katta nufuzga ega. Har bir futbolchi ushbu turnirda o‘ynashni va unda yetakchi rolni bajarishni xohlaydi», — dedi tajribali italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, «Roma» o‘z tarixida Chempionlar kubogi finalida faqat bir marta — 1984 yilda o‘ynagan. Chempionlar ligasida esa italiyalik klub turnir yarim finaliga qadar yetib borgan.













