Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Yuventus» sardoridan yarim yilga ayrilishi mumkin

«Yuventus» sardoridan yarim yilga ayrilishi mumkin

Baho:
+ | -

«Yuventus» yarim himoyachisi Manuel Lokatelli uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin.

Italiya chempionatida «Milan»ga qarshi so‘nggi uchrashuvda olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Tekshiruvlar futbolchining meniski jiddiy shikastlanganini ko‘rsatdi. La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachining tiklanish muddati bo‘yicha eng yomon taxminlar tasdiqlangan — unga albatta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerak. Reabilitasiya jarayoni taxminan olti oy davom etishi mumkin.

Avvalroq Manuel Lokatelli qariyb uch oy futboldan chetda qolishi taxmin qilingan edi. 28 yoshli futbolchi joriy mavsumda uchta uchrashuvda bir bor golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 07:35, 10.09.2026.
O'qildi: 788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик