Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo 0-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 0-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Italiyalik hakam chetlatish qarori ustidan sudda g‘alaba qozondi

Italiyalik hakam chetlatish qarori ustidan sudda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Hakam Rozario Abisso sud orqali hakamlar korpusidan chetlatilishi haqidagi qarorni bekor qildirdi va faoliyati tiklanganidan so‘ng Italiyadagi ilk tayinlovini oldi.

Palermolik 40 yoshli hakam 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan B Seriya 4-turidan o‘rin olgan «Vichensa» — «Yuve Stabiya» uchrashuvini boshqaradi.

Abisso 1 iyul kuni hakamlar ro‘yxatidan chiqarilgandi. Bunga uning tegishli toifada faoliyat yuritish uchun belgilangan maksimal muddatga yetib borgani sabab bo‘lgan.

Biroq hakam Italiya hakamlar assosiasiyasi va Italiya futbol federasiyasi qarori ustidan shikoyat qildi. Ish ko‘rib chiqilguniga qadar Abisso o‘zini ro‘yxatdan chiqarish haqidagi qarorni vaqtincha to‘xtatishga erishdi. Shu tariqa u faoliyatini davom ettirib, mavsumoldi yig‘inda ham ishtirok eta oldi.

3 sentyabr kuni Italiya futbol federasiyasining Federal milliy tribunali Abissoning shikoyatini qanoatlantirdi. Sud hakamni ro‘yxatdan chiqarishni nazarda tutgan qaror qismini noqonuniy deb topdi.

Shundan so‘ng Abisso yana uchrashuvlarga tayinlana boshladi. 5 sentyabr kuni u Gresiya chempionati 3-turidan o‘rin olgan AYEK — «Aris» (5:0) bahsida VAR hakami sifatida ishladi. Uning yordamchisi yana bir italiyalik hakam Franchesko Meravilya bo‘ldi, uchrashuvni esa gresiyalik Aleksandros Sakalidis boshqardi.

Endi Abisso Italiyada bosh hakam sifatida ham ishiga qaytadi. U 2015 yildan buyon mamlakat chempionati o‘yinlarida hakamlik qilib kelmoqda. So‘nggi mavsumlarda u VAR hakami sifatida ham muntazam tayinlanib kelgan.

Kiritildi: 16:47, 10.09.2026.
O'qildi: 449 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик