Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

Mareska: «Enso juda tez rivojlanmoqda»

Mareska: «Enso juda tez rivojlanmoqda»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska yarim himoyachi Enso Fernandesning rivojlanishi haqida fikr bildirdi.

«U juda tez rivojlanmoqda. Biz bilan ikki yil ishlagani davomida u hujumkorroq yarim himoyachiga aylandi, garchi avvalroq chuqurroq pozisiyada o‘ynagan bo‘lsa ham. Ammo, menimcha, u jarima maydoni atrofida juda yaxshi harakat qiladi. U gol uradi va golli uzatmalarni amalga oshiradi. Unda yetakchilik fazilatlari bor», — dedi Mareska.

Eslatib o‘tamiz, Mareska 2024 yildan 2026 yilgacha «Chelsi»da Fernandes bilan ishlagan. O‘tgan yozda mutaxassis «Manchester Siti» bosh murabbiyiga aylandi va klub rahbariyatidan argentinalik futbolchini xarid qilishni so‘radi. «Shaharliklar» uni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Fernandes «Manchester Siti» tarkibida barcha musobaqalarni hisobga olganda ikki uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan.

Kiritildi: 16:06, 11.09.2026.
O'qildi: 435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик