Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut - Brentford
12/09 19:00 Aston Villa - Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas - Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem

Xabi Alonso: «Joao Pedroni Xoland bilan bir qatorga qo‘yish mumkin»

Xabi Alonso: «Joao Pedroni Xoland bilan bir qatorga qo‘yish mumkin»

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso London klubi hujumchisi Joao Pedroning saviyasiga yuqori baho berdi. Shuningdek, u Karlo Anchelotti braziliyalik futbolchini JCH-2026 uchun terma jamoa tarkibiga chaqirmagani haqida ham fikr bildirdi.

Kecha 23 yoshli hujumchi Angliya Premyer-ligasining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgani ma’lum qilindi.

«Joao Pedroni Xoland bilan bir qatorga qo‘yish mumkinmi? Menimcha, ha. Agar Premyer-liganing eng yaxshi hujumchilarini sanaydigan bo‘lsak, Joao albatta ular qatorida bo‘ladi. Xoland ham, tabiiyki, shu ro‘yxatda. Men uni aynan shunday baholayman.

Ko‘p jihatdan Joao Pedro menga Benzemani eslatadi. U jarima maydoni ichida ham, tashqarisida ham yaxshi harakat qiladi, chap qanotga surilishi, bosh bilan yaxshi o‘ynashi mumkin. U juda ko‘p qirrali va aqlli futbolchi. Ha, u hali yosh, yana rivojlanishi kerak bo‘lgan jihatlari bor, ammo unda juda ko‘p ajoyib fazilatlar mavjud.

Braziliya terma jamoasiga chaqirilmagani haqida gapiradigan bo‘lsak, unga qo‘shimcha motivasiya kerak emas edi. Unda buning o‘zi ham yetarlicha bor. Albatta, bu holat unga yoqimsiz bo‘lgan, ammo bu endi o‘tmishda qoldi. Hozir biz u nimani yaxshi bajarayotgani va yana qaysi jihatlarda o‘sishi mumkinligiga e’tibor qaratyapmiz.

U ajoyib futbolchi. Gap faqat futbolda emas, balki uning xarakteri, yetukligi va mehnat qilish istagida ham. Uning bu mavsum uchun aniq maqsadi bor — ajoyib yil o‘tkazish va ko‘p gol urish», — deya Alonsoning so‘zlarini BBC Sport keltirmoqda.

Kiritildi: 15:34, 12.09.2026.
O'qildi: 610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик